Kompaniyalar o’rtasida elektron hujjat almashinuvi

Biz ERI va boshqa vositalardan foydalanib yuridik ahamiyatga ega hujjat almashinuvini taqdim etamiz.

Ishni boshlash

Faktura.uz: Tizimda yangilanishlar

Endilikda hujjatlarni o’chirish qulay va yoqimli…:-) Bir necha hujjatlarni baravariga tizimdan o’chirib tashlash imkoniyati taqdim etildi. Uning uchun siz o’chirishni istagan hujjatlaringizni hujjatlar ro’yhatidan tanlang va «O’chirish» tugmasini bosing.

 

 Bizning katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlovchi mijozlarimiz uchun biz ko’plab hujjatlarni oson va tez tarzda birdaniga imzolash qulayligini o’z tizimimizga joriy etdik. Buning uchun kerakli hujjatlaringizni tizimdagi ixtiyoriy jildlardan tanlab yig’ib chiqing va ularni bir urinishda imzolang.

 

Endlikda ro’yhatdan o’tish yanada osonlashdi, ro’yhatdan o’tganingizdan keyin korporativ sertifikatni (ERI kalitini) yuklash talabini tizimdan olib tashladik. Shu sababli endi siz ro’yxatdan o’tib bo’lgach, korporativ ERI kalitingizni tizimda yuklab chiqishga majbur emassiz.

Endilikda tizimni o’zbek tilida ham ishlatishingiz mumkin. Umid qilamizki bu sizga katta qulaylik yaratadi. Agarda tizimdagi tarjima borasida muammolarni ko’rsangiz yoki takliflaringiz bo’lsa bizlarga murojat qilishingizni so’rab qolamiz.

Shu bilan birgalikda bir qancha xatoliklar tog’irlandi va tizim ishlashi yuksaltirildi.