https://faktura.uz/secrets/

Kompaniyalar o’rtasida elektron hujjat almashinuvi

Biz ERI va boshqa vositalardan foydalanib yuridik ahamiyatga ega hujjat almashinuvini taqdim etamiz.

Ishni boshlash

Tizimda yangi imkoniyatlar yo`lga qo`yildi

Endilikda Faktura.uz tizimida bir necha korxonalarni yagona login va parol bilan boshqarish imkoniyati yaratildi.

Agar siz bir necha korxonalarga ega bo`lsangiz va avvallari bu korxonalaringizni boshqarishda alohida login va parollardan foydalanib kelgan bo`lsangiz, endilikda bu ish jarayoni judayam osonlashdi. Ya’ni, endilikda birgina login va parol orqali barcha korxonalaringizni boshqarish imkoniyati mavjud.

Buning uchun yuqoridagi o`ng burchakdan Ism Familiyangizni bosib «Mening korxonalarim» bo`limini tanlagan holda barcha korxonalaringizni qo`shishingiz va ularni boshqarishingiz mumkin.

Mobil telefon raqamidan ro`yxatdan o`tish maksimal darajada soddalashtirildi

Foydalanuvchilarimiz uchun mobil raqamdan ro`yxatdan o`tish jarayoni bir muncha qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganidan xabarimiz bor. Ulardan kelib tushayotgan ko`plab etirozlar sabab, mobil telefon raqami yordamida ro`yxatdan o`tish jarayonini takomillashtirdik. Endilikda telefon raqam orqali ro`yxatdan o`tganingizda sizga sms tariqasida havola (ssilka) emas balkim akkauntingizni faollashtirish uchun kod keladi. Kodni maxsus formaga kiriting va akkauntingizni faollashtiring.

Tizimda hujjatlar ustidagi amallar haqida xabarnoma olish takomillashtirildi

Endilikda xabarnomani ixtiyoriy elektron manzil va ixtiyoriy mobil telefon raqam orqali qabul qilishingiz mumkin. Buning uchun sozlamalarga kirib, shaxsiy kabinetdan xabarnoma bo`limida sozlab qo`yishingiz mumkin.

Tizimda yaratilgan hisob varaq faktura va aktlarni excel ko`rinishida yuklab olish imkoniyati qo`shildi

Endilikda Faktura.uz tizimidan foydalanilgan holda yaratilgan hujjatlari excel ko`rinishda yuklab olish imkoniyati foydalanuvchilarimizga qulaylik tug`diradi degan umiddamiz. Buning uchun hisob varraq faktura yoki aktlaringizni tizimdagi formalardan foydalangan holda yarating va ularni excel holatda yuklab oling.

Reestr ko`rinishida yuklangan hujjatlar haqida xisobotni excel ko`rinishida yuklab olish

Endilikda yuzlab va minglab hujjatlari reestr ko`rinishida tizimda yaratib ularni o`z kontragentlariga yuborgan foydalanuvchilar, shu reestrdagi hujjatlar holati haqida xisobotni excel ko`rinishida olish imkoniyatiga egalar. Hujjatlar reestrini excel ko`rinishida yuklab olib ular ustida ammallar bajarishingiz mumkin.

Shu bilan birgalikda tizimda ba’zi kamchiliklar to’g’irlandi.